Honda va ikki mashhur kompaniya hamkorligida o‘z-o‘zini boshqaruvchi mashinalar ishlab chiqariladi

Texnologiya

image

Yaponiyaning Honda kompaniyasi AQSHning Cruise va General Motors (GM) kompaniyalari bilan o‘z-o‘zini boshqaruvchi mashinalar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Bu haqda Yaponiya kompaniyasi bayonotiga asoslanib xabar berilgan. 

Kelishuvga ko‘ra, Cruise o‘z avtomobillarini sinov uchun Yaponiyaga yuboradi. 

Shuningdek, yuqoridagi uchta kompaniya Cruise Origin avtomobili ustida ishlamoqda. 

Honda kelajakda ushbu modeldan haydovchisiz taksi xizmatlari, sayyohlik avtobuslari, yuklarni tashish va boshqalarda foydalanmoqchi.

Yaponiya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Honda dunyoda birinchi bo‘lib xalqaro tasnif bo‘yicha avtomatlashtirishning uchinchi darajasiga javob beradigan avtomobillarni sotishni boshlashni rejalashtirmoqda. 

Bu shuni anglatadiki, mashina haydovchining ishtirokisiz ma’lum sharoitlarda, masalan, tezyurar yo‘ldagi oqimda harakatlanishi mumkin. Biroq, Honda'ning ushbu modellari uchun tezlik chegaralari cheklangan bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Honda

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing