Eronda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘radi (video)
Olam
−
07 mart 2020
8722Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning 11 nafar fuqarosi Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan videomurojaati paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar Eron va Turkmaniston o‘rtasidagi chegara postida qolib ketmoqda.
“Assalomu alaykum, hurmatli Shavkat Miomonovich. Bizlar – 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi – haydovchilarmiz. Eronning “Lutfobod” bojxona terminalida istiqomat qilyapmiz. 23 fevral kuni chegara yopilgani sababli, mashinalarimizda terminila ichida qolib ketdik”, deyiladi murojaatda.
Haydovchilarning ma’lum qilishicha, ular tegishli idoralarga murojaat qilgan. Lekin ijobiy natija bo‘lmagan.
“Shavkat Miromonovich, sizdan ushbu muammoimizni yechishda yordam berishingizni iltimos qilib so‘raymiz. Bizlar sog‘lommiz”, deydi haydovchilardan biri.
Aytishlaricha, koronavirus tarqalgan joy ulardan 1000 chaqirim uzoqlikda.
“Cheagarni yopib qo‘yishgach, nima qilishni bilmay o‘tiribmiz. Turkmaniston mashinalari o‘z yuklarini olib, chiqib ketishyapti. Hech qayerdan hech qanday xabar yo‘q. Erondagi, Turkmanistondagi konsulliklarga murojaat qildik, ammo ular bizga hech qanday xabar bermayapti. Butun umidimiz sizdan”, deydi haydovchilar.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr