“Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumiga raislik Tojikistonga o‘tdi
Olam
−
12 dekabr 2019
3689O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 8-9-dekabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumining (OYU-IJ) sakkizinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.
Konferensiyada 35 ta davlat (ishtirokchilar, sheriklar) va 10 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning ochilishida Turkiya Prezidenti Rajab toyib Erdo‘g‘an nutq so‘zladi.
“Afg‘oniston jiddiy davrni boshidan o‘tkazyapti. Biz dunyo hamjamiyati 18 yildan beri ko‘ratsib kelayotgan moddiy va ma’naviy yordamni ko‘paytirishimiz kerak”, dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya Prezidenti afg‘on hukumati majburiyatlarni bajarishda davom etishi kerakligini ta’kidladi.
Muhokamalar natijasiga ko‘ra OYU-IJ sakkizinchi vazirlar konferensiyasining Deklaratsiyasi qabul qilindi, shuningdek, “Ishonchni mustahkamlash choralari”ning 6 yo‘nalishini tadbiq etish hamda OYU-IJ forumini isloh qilish bo‘yicha yangilangan rejalar ma’qullandi.
Yakuniy hujjatda afg‘onlararo tinchlik jarayonini ilgari surish orqali uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish va mintaqaviy iqtisodiy aloqalarga integratsiyalashish borasidagi Afg‘oniston Hukumatining sa’y-harakatlarini davom ettirishga OYU-IJning a’zo davlatlari va hamkorlari tayyorligi aks ettirilgan.
Tadbir yakunida “Osiyo yuragi - Istanbul jarayoni” forumiga navbatdagi raislik Tojikistonga o‘tkazildi.
LiveBarchasi