Gvineya harbiylari to‘ntarish uyushtirib, Prezidentni hibsga oldi 

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Gvineya Prezidenti Alfa Kondeni davlat to‘ntarishi uyushtirgan bir guruh askarlar hibsga oldi. Bu haqda Rbc yozmoqda

Qayd etilishicha, qo‘zg‘olon rahbari, polkovnik Mamadi Dumbuyey hukumat tarqatib yuborilgani, mamlakat konstitutsiyasining to‘xtatilgani hamda chegaralarning yopilganini e’lon qilgan.

“Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, respublika institutlarining kuchsizligi, adolatsizlik, fuqarolar huquqlarining buzilishi, moliyaviy boshqaruvning samarasizligi respublika armiyasini Gvineya xalqi oldida javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga majbur qildi”, deydi u.

Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, Birlashish va taraqqiyot milliy qo‘mitasi hokimiyat tepasiga kelgan.

“Guineenews” xabariga ko‘ra, armiya hukumatning bir necha yuqori martabali amaldorlarini ham qo‘lga olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Gvineya Afrikaning g‘arbida joylashgan davlat. Mamlakat poytaxti Konakri. 12 million odam yashovchi ushbu davlat Kot-d’Ivuar, Senegal va Mali bilan umumiy chegaraga ega. Gvineya iqtisodi qishloq xo‘jaligiga asoslangan. 2017 yilda 2,9 milliard dollarlik tovar eksport qilingan. Taqqoslash uchun xuddi o‘sha yili O‘zbekistonning eksporti 14 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan.     


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

498

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing