Gvardiola Yurgen Kloppning rekordini yangiladi

Sport

image

Kecha, 12 fevral kuni Angliya Premer-ligasining yigirma uchinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Siti” klubi “Aston Villa” jamoasini 3:1 hisobda mag‘lub etdi. Ushbu natija “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga APLda o‘tkazgan 250 o‘yinidan 184-g‘alabasini taqdim etdi. Bu haqda “Yevro Futbol” nashri xabar berdi.

Gvardiola Premer-ligada o‘z klubi bilan 250 ta o‘yin o‘tkazgan 29-murabbiyga aylandi, biroq ushbu uchrashuvlarning 184 tasida g‘alaba qozongan birinchi murabbiy bo‘ldi. Ushbu o‘yin Pep Gvardiola uchun 2016 yilda “Manchester Siti”ni boshqarganidan beri APLda klub boshqaruvidagi 250-uchrashuvi bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z jamoasi bilan 250 o‘yinda ishtirok etib, 160 g‘alabani qayd etgan. Murabbiy bu natija bilan Gvardioladan keyingi o‘rinni egallab turibdi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing