Gvardiola Saudiyadan “yog‘li” taklif oldi

Sport

image

“Manchester Siti”ning ispaniyalik murabbiyi Xosep Gvardiola boshqa klubdan mo‘may daromadli yaxshi taklif oldi. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistoni chempionati klublaridan biridan taklif olgan. Taklif etilayotgan shartnomada Pepning maoshi “Manchester”dagi maoshidan bir necha baravar oshadi.

Ingliz klubi Gvardiola jamoani inqirozdan olib chiqishiga ishonmoqda, shu bois jamoani tark etish yoki ketmaslik borasidagi qaror ispaniyalikning o‘zida qoladi.

Joriy mavsumda “Manchester Siti” 26-turdan keyin APL turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Manchester jamoasi “Real”ga umumiy 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Yevropa Chempionlar ligasini pley-off bosqichida tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning “Liverpul”ga qarshi o‘yindagi xatti-harakatlarini maqtagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing