Gvardiola “Liverpul”ga Kloppdan ham ko‘proq ishonadi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Liverpul”ga Yurgen Kloppdan ko‘proq ishonishini aytdi. Bu haqda Gvardiolaning so‘zlariga tayanib, “The Telegraph” nashri yozmoqda.

Shuningdek, ispaniyalik murabbiy “qizillar” APL chempionligi uchun kurashdan chiqmaganligini ham aytgan. Sababi oldinda juda ko‘p o‘yinlar bor.

“Men “Liverpul”ga uning murabbiyidan ko‘ra ko‘proq ishonaman. Jahon chempionati oldidan bor-yo‘g‘i o‘nta tur o‘tdi. Oldinda bir qator o‘yinlar, jumladan, Yevropa Chempionlar ligasi, kubok musobaqalari, jarohatlar kutib turibdi. Agarda mavsum tugashiga 6-7 ta o‘yin qolgan bo‘lsa, ha, “Liverpul” kurashdan chiqdi, degan bo‘lardim. Ammo joriy mavsumning bor-yo‘g‘i 10 ta turi ortda qoldi, xolos. Mavsum yakunigacha, milliardlab voqealar sodir bo‘lishi mumkin”, degan “Manchester Siti” bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” Angliya Premer ligasining joriy mavsumida 10 ta o‘yinidan so‘ng, 16 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 7-o‘rnida bormoqda. Xuddi shuncha o‘yin o‘tkazgan “Siti” hisobida 23 ochko mavjud va ular turnir jadvalining 2-o‘rnidan joy egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xosep Gvardiola “Liverpul'” “Manchester Siti”

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing