Gvardiola Italiya bosh murabbiyligi uchun qancha maosh so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
23 iyul 7961 1 daqiqa
Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) bilan olib borilgan muzokaralar davomida yiliga 20 million yevro maosh talab qildi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri sanalgan Gvardiolaga yiliga 10 million yevro maosh taklif qilingan.
Avvalroq, Italiya futbol federatsiyasining yangi prezidenti Jovanni Malago Gvardiola bilan muzokaralar haqiqatdan ham bo‘lib o‘tganini tasdiqlagan edi. Uning ta’kidlashicha, federatsiya bunday mutaxassisni jalb qilish uchun byudjetdan tashqari mablag‘ ajratish imkoniyatini ham ko‘rib chiqqan.
Shu bilan birga, bosh murabbiylik lavozimiga yana ikki nomzod – Andrea Pirlo va Roberto Manchini ham ko‘rib chiqilmoqda.
Gvardiolaning o‘zi esa 2025-2026 yilgi mavsum yakunida “Manchester Siti”ni tark etganidan keyin hozircha murabbiylik faoliyatiga qaytish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma ola olmagan edi. Shundan so‘ng, bosh murabbiy Jennaro Gattuzo o‘z lavozimini tark etdi. Keyinroq FIGC prezidenti Gabriele Gravina ham iste’foga chiqdi va uning o‘rniga Jovanni Malago saylandi.
Live
Barchasi