Gvardiola “Al-Nasr”ni boshqarishi mumkin
Sport
−
23 may 1373 1 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning agenti Xosep Mariya Orobitg “Al-Nasr” va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) ispaniyalik murabbiyga qiziqish bildirganini tasdiqladi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
“Bir yarim oy oldin aloqalar o‘rnatilgan, shunchaki aloqalar, hech qanday majburiyatsiz yoki yozma takliflarsiz. Taklif qilingan pul unchalik katta emas edi”, deydi Orobitg.
Ertaga, 24 may kuni Gvardiola “Siti” bilan so‘ngi uchrashuvini o‘tkazadi.
“Taxminan 15 kun oldin Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi bilan ham aloqa bo‘lgan edi, ammo hozircha boshqa aloqa bo‘lmadi. Hozirda ikkala tomon ham Gvardiola bilan shartnoma imzolash uchun katta imkoniyatga ega emas”, deydi Orobitg.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli Pep Gvardiola 2016 yildan buyon Manchester klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “Manchester Siti” bir marta Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, olti marta Angliya chempionligi, 3 ta Angliya kubogi va 5 ta Liga kubogida zafar quchgan. Gvardiola faoliyati davomida, shuningdek, “Barselona” va “Bavariya”ni ham boshqargan.
Live
Barchasi