Gvardiola Husanov uchun yana bir raqobatchi topdi
Sport
−
17:40 2088 2 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola kelasi mavsum oldidan o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Mutaxassis bu pozitsiyada Mateus Nunesh uchun yetarli raqobat yo‘qligidan norozi ekani aytilmoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, inglizlar “Roma” himoyachisi Uesli Fransani tarkibni kuchaytirish uchun eng maqbul variant sifatida ko‘rmoqda. Klub rimliklarni muzokaralarga jalb etish maqsadida jiddiy moliyaviy taklif tayyorlamoqda.
Transfer bo‘yicha muzokaralar oson kechmasligi kutilmoqda. Himoyachining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan va klub uni sotishni rejalashtirmayotgani ta’kidlanmoqda. Shunga qaramay, “Manchester Siti” futbolchi uchun qariyb 50 million yevro tovon puli taklif qilishga tayyor.
22 yoshli Uesli o‘tgan mavsumdan buyon A Seriyaning ko‘zga ko‘ringan o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Joriy mavsumda u 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub uning jismoniy salohiyati, bosim ostida to‘pni nazorat qilishi hamda hujumga faol qo‘shila olish qobiliyatini yuqori baholamoqda.
Ma’lumot uchun, mavsum boshida va “Fulxem”ga qarshi oxirgi o‘yinda o‘ng qanot himoyachisida O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov harakat qildi. Abduqodir Gvadiol va Diash jarohat olgan paytda markaziy himoyada harakatlandi va ketma ket 10 ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Live
Barchasi