Gvardiola Husanov haqidagi savollarni javobsiz qoldirdi

Sport

image

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning jamoaga kelib qo‘shilishi haqidagi savollarga javob bermayapti. 

“Shaharliklar” ustozi qishki transferlar oynasida jamoaga kelishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan Abduqodir Husanov, Omar Marmush va Vitor Reys bilan bo‘layotgan vaziyatlardan xabardor emasligini aytdi.

“Men bu futbolchilarning birortasi bilan nimalar sodir bo‘layotganini bilmayman. Ularning kelish-kelmasligi haqida aniq ma’lumotga ega emasman”, deydi Gvardiola.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abduqodir Husanovning klubga qo‘shilishi kechikayotganiga sabab, himoyachi Buyuk Britaniyaga ketish vizasi chiqishini kutyapti.  “Manchester Siti” 17 yanvar kuni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Insayder Fabritsio Romano ham o‘z X sahifasida Husanov transferi bo‘yicha post qoldirdi.

“Transfer bo‘yicha havotirga o‘rin yo‘q, ish tez orada to‘liq yakuniga yetadi”, deydi Romano.

 

Taniqli sport jurnalisti Davron Fayziyev ham bu holat bo‘yicha munosabat bildrdi.

“Gvardioladan o‘yindan keyin ham so‘rashdi Husanov haqida. Hech narsa deya olmayman, kechayam aytgandim buni, dedi. Bu normal javob. Yo‘q, tanimayman, bu noto‘g‘ri ma’lumot demayapti. Shunchaki hali rasmiy shartnoma imzolab klub a’zosiga aylanmagan futbolchi haqida gapirishi noto‘g‘riligini biladi. Klub rasmiy mediasiga nisbatan ham professional yondoshuv”, deydi Davron Fayziyev.

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni insayder Fabritsio Romano 20 yoshli Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tganini tasdiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Pep Gvardiola Fabritsio Romano Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing