Gurbanguli Berdimuhamedov Eron Oliy rahnamosi bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 28 avgust kuni Tehronda amaliy tashrif bilan bo‘lgan turkman xalqi milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Eron Islom Respublikasi oliy ma’naviyat rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan uchrashdi. Bu haqda Eron Oliy rahbari devoni xabar berdi.

Turkmaniston Xalq Maslahati raisi marhum prezident Ibrohim Raisiy xotirasiga hurmat bajo keltirar ekan, uning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish yo‘lidagi faoliyatini yuqori baholadi hamda Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara doimo do‘stlik va tinchlik chegarasi bo‘lib kelgani va shunday bo‘lishini ham qo‘shimcha qildi.

Gurbanguli Berdimuhamedov bugungi kunda Turkmaniston-Eron hamkorligi yangi dinamika bilan ajralib turishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Tehronga bu galgi amaliy tashrif Ashxobod Tehron bilan hamkorlikka katta ahamiyat berayotganining yorqin dalilidir.

“Eron va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yaxshi rivojlandi, ammo hamkorlikni davom ettirish uchun hali ham katta salohiyat mavjud, ulardan foydalanish kerak”, degan Ali Xomanaiy.

Xomanaiy ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar, jumladan, “Janubiy-Shimol” avtomobil yo‘li loyihasi va Turkmaniston gaz quvurini rivojlantirish loyihalari mavzusiga ham to‘xtalib, ularni olqishladi. Oliy rahnamo ushbu loyihalarning eronlik ekspert va mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi ikki davlat munosabatlarini har qachongidan ham yaqinlashtirishini ta’kidladi.

Bugun, 28 avgust kuni erta tongda Tehronga kelgan Turkmaniston milliy rahbari mamlakat Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan ham uchrashib, muzokaralar olib bordi.

Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida Mas’ud Pezeshkiyon shunday dedi: 

“Biz bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik shartnomalar imzolangan va bu aloqalar va kelishuvlar boshqa sohalarda ham o‘rtamizdagi hamkorlikni kuchaytirishga olib keladi, deb umid qilamiz. hamkorlik."


Maqola muallifi

Teglar

Eron Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Oyatulloh Ali Xomanaiy Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing