Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston jamoasiga qarshi dona surmadi
Sport
−
19 Sentabr
33488Ayni kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqaning 8-turida O‘zbekiston ayollar jamoasi amerikalik shaxmatchilarga to‘qnash keldi.
E’tiborlisi, AQSH jamoasining yetakchi shaxmatchilaridan biri o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova hisoblanadi. 25 yoshli Tohirjonova O‘zbekiston vakillariga qarshi bahsda ishtirok etishni istamadi.
Tohirjonova 1-taxtada o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova bilan bahs olib borishi kerak edi, biroq Tohirjonovaning o‘rnini jamoadoshi Karissa Shiven Yip egallagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar jamoasi 7 ta turdan keyin Olimpiadada 11-o‘rinni band etib turibdi, erkaklar jamoasi esa 3-o‘rinni band etgan.
LiveBarchasi