Gulnora Karimovaning ahvoli qanday? Unga nisbatan qiynoq bo‘layotgani rostmi?

Jamiyat

Gulnora Karimovaning yana bir gigant kompaniya bilan korrupsion sxemasi fosh etildi north_east

Gulnora Karimovaning yana bir gigant kompaniya bilan korrupsion sxemasi fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayni paytda o‘ziga tayinlangan jazoni o‘tayotgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi – sobiq Fond forum vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon onasiga nisbatan hibsxonada inson huquqlariga zid ravishda munosabatda bo‘linayotganini aytib chiqqandi. 

Mazkur xabarlar yuzasidan O‘zbekiston inson huquqlari himoyachilari xususan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tekshiruv o‘tkazdimi? Gulnora Karimovaning ahvoli qanday, unga nisbatan munosabat uning farzandlari aytganidekmi? Shu savollarga javob olish uchun Ombudsman Feruza Eshmatovaga mikrofon tutdik.

Ombudsman holat yuzasidan qisqa munosabat bildirib, iddaolar o‘z tasdig‘ini topmaganini ma’lum qildi.

“Bu masala ham Ombudsmanning diqqat e’tiborida bo‘ldi. Bugungi kunda bu borada o‘rganishlar natijasida hech qanday muammolar yo‘qligi va asoslar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlar oldik”, dedi Feruza Eshmatova.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gulnora Karimova Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-sonli jazoni o‘tash Koloniyasida saqlanmoqda. U koloniyaga 2019 yilning 14 mart kuni olib kelingan va 7-otryadning 2-sektoriga (umumiy rejimdagi) joylashtirilgan.

O‘tgan yilning 18 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. 

O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi, dalillar tekshirildi va sudlanuvchilar himoyachilarining vajlari muhokama qilindi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sud hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblash belgilandi.

Qolgan sudlanuvchilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning og‘irlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, tegishli jazolar tayinlandi.

Xususan, sud hukmiga ko‘ra, N.Sodikovga 20 yil, O.Sviridovga 17 yil 3 oy, A.Ergashevga 18 yil 1 oy, Sh.Sabirovga 17 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, G.Avakyanga 3 yil sinov muddati bilan 5 yil 3 oy 21 kun shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

J.Abduraxmanov va B.Teshabayev esa javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilindilar.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova

Baholaganlar

2169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing