Gulnora Karimovani 7 advokat himoya qilayotgani aytildi
Jamiyat
−
06 dekabr 2019
9729Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi – Fond Forum vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova ayni vaqtda hibsda va jinoyatlari uchun jazo muddatini o‘tamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa uning qizi Imon Karimova onasining hibsda qolish muddati sun’iy uzaytirilgani haqida bong urib, advokatlar bilan uchrashuvga ruxsat berilmayotganini iddao qilmoqda.
Bosh prokuratura bayonoti esa kichik Karimovanikidan farq va ishonchli. Ayni vaqtda AQSH, Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va Latviya kabi xorijiy davlatlar bilan Gulnora Karimovaning jinoiy yo‘llar orqali topgan va ushbu davlatlarning ayrimlarida jinoyat ishlari doirasida 1,3 mlrd AQSH dollardan ortiq daromadlarini qaytarish ustida ish olib borilmoqda.
Mazkur hamkorlik davomida xalqaro tuzilmalar va fuqarolardan Gulnora Karimovaning ilgari e’lon qilingan hukmlarda nazarda tutilmagan yangi jinoyatlari to‘g‘risida xabarlar kelib tushgan.
Hozirgi kunda, tergov tomonidan Gulnora Karimova unga respublika sanoat korxonalarida faoliyat yuritgan va juda ko‘p miqdordagi jinoiy daromadlardan ulush berib kelgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Gulnora Karimova fuqarolar va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘llari orqali ularning mulklarini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.
Mazkur tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararning miqdori 165 mln AQSH dollari va 85 mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil qildi.
Jinoyat ishi tergovi jarayonida Gulnora Karimovaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini o‘zi va yaqin qarindoshlari tomonidan jalb qilingan 7 nafar advokatlar himoya qilmoqda. Shuningdek, advokatlarning barcha tergov harakatlarida ishtiroki va u bilan hech qanday cheklovlarsiz holi uchrashish imkoniyati ta’minlangan.
LiveBarchasi