Gulnora Karimova o‘z uyida?!

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova o‘z uyida degan tahminlar paydo bo‘ldi. Bu tahminlarning kelib chiqishiga esa kecha, 19 fevral kuni Gulnoraning qizi Imon Karimovaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan surat-videosi sabab bo‘lmoqda. 

Avvaliga Imon Karimova Instagram’dagi sahifasi tugilgan chuchvaralarning suratini joylashtiradi. Oradan ko‘p o‘tmay onasining qozonchaga chuchvaralarni solayotgani tasvirlangan video-suratni joylaydi va unga “Oyim oshxonada bo‘lganda butunlay boshqacha bo‘ladi”, deb yozadi. Keyinroq u qozonchada pishib turgan chuchvaralar suratini ham ilova qilgan. 

Suratlarning davomiyligiga qaraganda, Karimova haqiqatan ham o‘z uyida. 

Bundan bir necha kun avval Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov Prezident Shavkat Mirziyoyevga onasiga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida murojaat qilgandi
 


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova

Baholaganlar

1111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing