Crew Dragon Yerga qaytdi
Texnologiya
−
03 avgust 2020
10486Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan yasalgan Crew Dragon kosmik kemasi Yerga qaytdi. Bortida astronavtlar Duglos Xerli va Robert Benken bo‘lgan Crew Dragon Meksika ko‘rfaziga qo‘ndi.
Go Navigator qutqaruv kemasi Crew Dragon tushadigan joyga muddatidan avval yetib borgandi. Astronavtlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgach, sohilga olib chiqiadi. Ular dastlab Floridadagi harbiy bazaga boradi. Keyin esa Xyustonga olib ketiladi.
Ekipaj a’zolari o‘zlarini yaxshi his qilayotganini aytdi. AQSH Prezdenti Donald Tramp ularni Yerga qaytgani bilan tabrikladi.
Crew Dragon Xalqaro kosmik stansiyadan 1 avgustda ajralgach, Yerga qaytish uchun 19 soatli avtonom parvozni amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Crew Dragon kemasi SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida 30 may kuni Floridadagi kosmodromdan XKS tomon uchirilgandi. Kema XKSga Duglas Xerli va Robert Benkenni olib borgandi.
Bu xususiy kompaniyaning ilk bor koinotga fazogirlarni olib chiqishi bo‘ldi. Shuningdek, NASA’ning Space Shuttle dasturi 2011 yilda tugatilgandan keyin amerikalik astronavtlar birinchi marta XKSga Rossiyaning “Soyuz” kemasidan boshqa kemada jo‘natilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr