Bu kunni 18 yil kutdik – Mask muvaffaqiyatli parvoz va undan keyingi rejalar haqida gapirdi

Olam

image

SpaceX rahbari Ilon Mask bu parvozni 18 yil kutgan. Endi esa "Crew Dragon" ekipaji astronavtlari Dag Xerli va Bob Benkenni uylariga xavfsiz tarzda qaytishlari uchun hamma narsani qilishga va’da berdi. Bu haqda u NASA efirida aytib o‘tdi.

Bugun, 31 may kuni SpaceX "Falcon 9" raketasi yordamida ichida 2 astronavti bo‘lgan "Crew Dragon" kosmik kemasini orbitaga olib chiqdi. Bir necha soatdan so‘ng kosmik kema Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga ulanishini ko‘zda tutilgan. "Falcon 9" ko‘p martalik raketasi esa yerga qaytgan.

NASA efirida Ilon Mask insoniyat bu yutuq bilan faxrlanishi mumkinligini aytdi. U, shuningdek, ushbu parvoz uning ruhini yengillashtirganini ta’kidladi.

"Bizning oldimizga XKSga ulanish va fazodan qaytib kelish vazifasi qo‘yilgan. Qaytish ko‘p jihatdan xavfli... Biz ularni vatanga sog‘-salomat qaytarish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz", deydi Mask.

Parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so‘ng, u "his-tuyg‘ularga to‘lib ketgani va gapirishga so‘z topolmaganini" tan oldi. Mask keyingi rejalar kosmos turizmini yaratish, oyga va keyinchalik Marsga odamlarni olib chiqish ekanini aytdi. Uning aytishicha, Marsda kichik "shaharchalar" qurish uning eng katta orzusi.

"Biz bu maqsad bo‘yicha 18 yildan beri ishlamoqdamiz va hali ko‘p ish qilish kerak", deydi Mask.

NASA vakillari ekipaj xavfsizligi agentlik va kompaniya uchun ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladilar. Ushbu parvozni quyida jonli efirda kuzatishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Ilon Mask Crew Dragon

Baholaganlar

158

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing