Qoraqalpog‘istonda birinchi qor yog‘di
Jamiyat
−
04 noyabr 2019
7189Kecha, 3 nobyar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi qor yog‘di. Respublikaning ayrim hududlarda qor, ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘gan. Bu haqda mahalliy jurnalist Yulduz Jumagaliyeva yozmoqda.
“Qoraqalpog‘istonda birinchi qor yog‘di. Albatta ajoyib, lekin ustyurtliklar bundan xursand emas. Odamlar ‘qancha ishimiz qolib ketdi’, deyapti”, deb yozgan jurnalist.
3 noyabr tongida ko‘chalarni oppoq qor qoplagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta 3-5 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozoqiston orqali Ural rayonlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi