Gulistondagi qassobxonalardan biri yonib ketdi

Jamiyat

image

Yong‘in bugun, soat 17:55 da Sirdaryo viloyatining Guliston shahri “Taraqqiyot” MFY A.Navoiy ko‘chasida joylashgan qassobxonada yuzaga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.   

Yong‘in oqibatida mazkur maskan ichidagi 1 dona muzlatgich va savdo stoli, jami 12 kvadrat metr maydoniga zarar yetgan.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari  yetib borgan. Yong‘in soat 18:02 da o‘rab olinib, 18:05 da batamom o‘chirilgan. 

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida qassobxonaning 15 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing