Gulistonda bir nechta do‘kon yonib ketdi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Bugun, 5 mart kuni soat 4:30 da Guliston shahar, Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. 

Yong‘in yuz bergan joyga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 05:20 da to‘liq o‘chirilgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing