Samarqandda tramvay izidan chiqib ketdi
Jamiyat
−
19 fevral 2020 8485 1 daqiqa
Bugun, 19 fevral kuni Samarqandda tramvay yo‘lning nosozligi sababli yo‘lidan chiqib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa soat 07:10 larda Samarqand shahar Amir Temur va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Chorraha bo‘ylab “Sartepo-Temiryo‘l” vokzali yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 1-yo‘nalish tramvayi izidan chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda tramvayni yo‘nalishiga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, Samarqandda tramvay 2017 yilning 15 aprelidan harakatlana boshlagan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28