Guler va Endrik yozda “Real”dan ketmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” ikki vunderkinldar Arda Guler va Endrik jamoada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani uchun qirollik klubini tark etmoqchi. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikkala yosh futbolchi ham yozda “Real”ni ijara asosida tark etishni maqsad qilgan. Guler va Endrik 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘ynashni istaydi va hozirgi vaziyatda o‘z terma jamoalariga kirish juda qiyin bo‘lishini bilib turibdi.

Katta ehtimol bilan ular yozda oliy liga klublaridan biriga ijaraga o‘tadi va u yerda rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Guler bu mavsumda La liganing 6 o‘yinida maydonga tushdi, Endrik esa 14 ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Turkiyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yil, Endrikning shartnomasi esa 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 

“Transfermarkt”ga ko‘ra, 18 yoshli Endrikning qiymati 40 million yevroni, 19 yoshli Gulerning narxi esa 45 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Arda Guler Endrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing