Gul bozordan gapiramiz: Erkaklar ko‘proq kimga gul sotib oladi? (video)

Intervyu

Har kungi muammolar, kamchiliklar, tashvish-u o‘ylarni unutib, QALAMPIR.UZ jamoasi gul bozorga bordi. 

 

8 mart kuni aziz ayollarimiz, xotin-qizlar, onaxonlarimizni xursand qilish, ularga mehridan bir parcha ulashish uchun  gul bozoriga boradi. Ayni gul tanlash va sotib olish hayajonli palla sanaladi. Shu sabab biz gul xarid qilayotgan yurtdoshlarimizni bilan suhbatda bo‘ldik. 

Gul bozorda nafaqat erkaklar, balki gul sotib olayotgan ayollarga ham ko‘zimiz tushdi. Ulardan biri bilan suhbatlashdik. 

“Nafaqat, 8 mart kuni, balki har kuni ayollarimizga yaxshi gaplar gapirishi, e’tibor qaratish lozim”, deydi suhbatdoshimiz.

Xaridorlar qatori, gul sotuvchilari bilan ham suhbatlashdik. Ushbu bayramdagi savdo holati, narxlar ko‘tarilishi va qanday gullar sotilishi bo‘yicha savollarga javob oldik. 

“Bizda gullarning narxi ko‘tarilmaydi. Boshqalarni bilmadim-ku, bizda unday emas. Qish bo‘lgani uchun, kimningdir xarajati ko‘proqqa tushsa, balki ko‘tarilar...”, deydi florist.

Ushbu videoni yuqoridagi slayderda yoki YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 

Tahririyatimiz a’zolari nomidan 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan barcha ayollarni muborakbod etamiz. Ularga dunyoning barcha gullari tortiq bo‘lsin.

 


Maqola muallifi

Teglar

8 mart

Baholaganlar

95

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing