Go‘dak farzandini qiynagan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
29 dekabr 2023
18433Ijtimoiy tarmoqlarda erkakning go‘dak bolani turli shaklda qiynayotgani, uni hayoti va sog‘lig‘ini xavfga soluvchi xatti-harakatlar qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat Jizzax shahrida bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, videoda aks etgan insoniylikka mutlaqo zid mazkur jinoiy harakatlar Jizzax shahrida yashovchi, bolaning otasi deb aytilayotgan shaxs A.B. tomonidan farzandiga muttasil ravishda sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan bolaning onasi IIBga murojaat etgan va joriy yilning 20 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 110-(Qiynash), 112- (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgan shaxslarga qonun doirasidagi javobgarlik qat’iy ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirishini bildirgan.
LiveBarchasi