Gruziyaning hukmron partiyasi Saakashvilini klinikadan qamoqxonaga yuborishga chaqirdi

Olam

image

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili jazo muddatini qamoqda o‘tashi va Vivamed xususiy klinikasida qolmasligi kerak, chunki u og‘ir xastaliklardan aziyat chekayotgani yo‘q. Bu haqda hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi. 

“Menimcha, Saakashvili haddan tashqari qulayliklarga ega, chunki uning tegishli kasalliklari yo‘qligidan kelib chiqib, shifoxonaga yotqizmaslik kerak, deb o‘ylayman. Bu mening shaxsiy baholashim, ammo bu mavzu bo‘yicha qarorlar tegishli idoralar tomonidan qabul qilinadi”, dedi Kobaxidze. 

Avvalroq “Gruziya uchun” muxolifat partiyasi Gruziya Adliya vazirligini Saakashvilini qamoqxonaga qaytarishga chaqirgan edi, chunki u klinikadagi sud majlislariga masofaviy bog‘lanib, siyosiy bayonotlar berib, partiyaviy tashviqot olib bormoqda, bu esa ko‘rib chiqilayotgan ishlarga taalluqli emas. 

Gruziya Adliya vaziri Rati Bregadze Saakashvilining sog‘lig‘i so‘nggi paytlarda yaxshilangani haqida bir necha bor ta’kidlagan, biroq “Vivamed” klinikasi tegishli tavsiyanoma bergandagina u qamoqxonaga qaytariladi.

Ma’lumot uchun, Saakashvili 2013 yilda Gruziyani tark etgan, shundan so‘ng mamlakatda unga qarshi to‘rtta jinoiy ish ochilgan, shundan ikkitasida siyosatchi sirtdan uch va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2021 yil oktyabr oyida Saakashvili Gruziyaga yashirincha kelganida hibsga olingan. 2022 yil may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u Tbilisidagi "Vivamed" xususiy klinikasiga olib o‘tilgan va u shu kungacha o‘sha yerda qolmoqda. Gruziya rasmiylari Saakashvili qamoqdan chiqish uchun kasallikni "yoqib olgan", deya hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyul kuni Saakashvili Tbilisi shahar sudining 2007 yildagi mitingni tarqatib yuborish ishi bo‘yicha yig‘ilishida shifoxonadan videoaloqa orqali ishtirok etgandi. Videoda sobiq prezident ozib ketgani ko‘rinadi. Keyinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tashqi ishlar vazirligiga Gruziya elchisiga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lgan Saakashvili masalasi bo‘yicha maslahatlashish uchun 48 soat ichida mamlakatni tark etish haqida buyruq berishni topshirdi. Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Kiyev qarorini diplomatik munosabatlarni keskinlashtirish, shuningdek, suveren davlatning ichki ishlariga aralashishning ekstremal shakli deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Saakashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing