Gruziyada qozog‘istonlik 18 yoshli yigit hibsga olindi (video)

Olam

image

Gruziyaning Imeretiya viloyatida 18 yoshli Qozog‘iston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi

Qayd etilishicha, fuqaro A.D. politsiya departamenti xodimlari tomonidan giyohvand moddalarni katta miqdorda noqonuniy sotib olish, saqlash hamda ularning realizatsiyasiga ko‘maklashish ayblovi bilan qo‘lga olingan.

Huquq-tartibot organlari tomonidan gumonlanuvchining shaxsiy buyumlari va vaqtincha yashash joyida tintuv o‘tkazilgan.

Shuningdek, tergov davomida ular ko‘rsatgan joylardan daliliy ashyo sifatida juda katta miqdorda “metadon” giyohvand moddasi musodara qilingan.

Qolaversa, politsiya tomonidan giyohvand moddalarni qadoqlash uchun zarur bo‘lgan materiallar ham olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Gruziya Respublikasi Jinoyat kodeksining 260-moddasi 4-qismiga asosan tergov olib borilmoqda. Ushbu moddalar 20 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik 22 yoshli yigit BAAda bir qator og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya hibs qozog'istonlik Imeretiya 18 yoshli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing