Gruziyada qiruvchi samolyot halokatga uchradi. Qurbon bor  

Olam

image

Bugun, 2 iyul kuni Gruziyada aviatsiya sohasini kuchaytirish uchun olib borilgan harbiy mashqlardan birida Su-25 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, vazirlikka tegishli bo‘lgan ushbu harbiy samolyot boshqaruvida Aviatsiya va havo qo‘mondonligi uchuvchisi Kaxaber Zurabashvili bo‘lgan. Biroq, u fojia oqibatida halok bo‘lgan.

Vazirlikka ko‘ra, hodisa sabablarini aniqlash maqsadida tegishli xizmatlar tomonidan batafsil surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Mudofaa vazirligi fojiali halokat yuzasidan qayg‘u izhor etadi va halok bo‘lgan uchuvchining oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, Su-25 har qanday ob-havo sharoitida kecha-yu kunduz ko‘rsatilgan koordinatali ob’ektlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Su-25 ilk marta 1975 yil 22 fevralda parvoz qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada harbiy o‘quv samolyoti qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘lgandi. Shuningdek, 2023 yilning noyabr Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida harbiy vertolyot qulab, vertolyot ekipaji halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Gruziya Su-25 Qurbon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing