Grizmanning “Barselona”ga o‘tishida ikkita qoidabuzarlik aniqlandi
Sport
−
17 Oktabr 2025 2511 2 daqiqa
Ispaniya Sudi Antuan Grizmanning 2019 yilda “Barselona”ga o‘tishi jarayonida ikki qoidabuzarlik belgilari mavjudligini aniqladi. “Atletiko Madrid”ning Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF)ga ma’lum qilishicha, klubda “Barselona”ning qoidabuzarliklari bo‘yicha dalillar bor. Bu haqda “El Mundo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” Xosep Mariya Bartomeu prezidentligi davrida Antuan Grizmanning transferlar bo‘yicha amaldagi shartnomasi bo‘lgan paytda muzokara olib borilgan. FIFA qoidalariga ko‘ra, klub amaldagi shartnomasi bo‘lgan futbolchi bilan klubiga xabar bermasdan muzokara o‘tkaza olmaydi, shartnomaning oxirgi olti oyi bundan mustasno. “Barselona”ning Grizmann bo‘yicha ushbu holati qoidalarning buzilishi deb hisoblanmoqda.
Sud qarorida aytilishicha, RFEF'ning mumkin bo‘lgan sanksiyasidan qochish maqsadida tergov ostidagi shaxslar “Atletiko Madrid” bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara olib borib, boshlangan jarayonga dalil taqdim etmaslik evaziga 15 million yevro to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Sud bu faktlarni buxgalteriya firibgarligi ehtimoli sifatida baholadi.
Shu tariqa, Grizmannning “Barselona”ga o‘tishi tergov ostida bo‘lib, Bartomeu va transfer jarayonida ishtirok etgan boshqa shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Antuan Grizmann 2019 yilda “Atletiko Madrid”dan “Barselona”ga 120 million yevroga ko‘chib o‘tib, kataloniyaliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi. Keyinchalik Grizmann 2023 yil yozida “Atletiko Madrid”ga qayta sotib yuboriladi.
Live
Barchasi