Gretsiyada rus tankeri hibsga olindi – OAV

Olam

image

Gretsiya hukumati Rossiya bayrog‘i ostidagi “Pegas” tankerini Evbeya oroli yaqinidagi Karistos ko‘rfazida, bortidagi 19 nafar rossiyalik dengizchi bilan hibsga oldi. Bu haqda TASS Afina Makedoniya axborot agentligi (AMNA)ga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qaror Yevropa Ittifoqi va NATO tomonidan Rossiya manfaatlarini ifodalovchi kemalarga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni amalga oshirish doirasida qabul qilingan. Tanker Evbeya orolining qirg‘oq bo‘yidagi Karistos shahri yaqinida neft yuklangan holatda qo‘lga olingan.

Mexanik shikastlanish tufayli tanker Peloponnesga kuzatib qo‘yilgan, u yerda neft boshqa tankerga qayta yuklanishi kerak bo‘lgan, biroq yomon ob-havo tufayli kema Karistos yaqinida langar qo‘ygan. Bu port ma’muriyati qarori bilan amalga oshirilgan.

Turkiyaning Marmara Ereglisi portidan suzib ketayotgan Rossiya tankeri bortida 19 nafar rossiyalik dengizchi bo‘lgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olish talabi faqat kemaga tegishli, uning yukiga emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 aprel kuni Rossiyaga qarshi beshinchi sanksiyalar paketi e’lon qilindi. Navbatdagi cheklovlar qatoriga Yevropa Ittifoqi hududida ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘i turlarini sotib olish, import qilish yoki o‘tkazishni taqiqlash, shuningdek, Rossiya bayrog‘i ostida ro‘yxatdan o‘tgan kemalar uchun Yevropa Ittifoqi portlariga kirishni cheklash kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing