Gretsiyada bir haftadan beri o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Olam
−
29 avgust
1733Gretsiyaning Kavala shahridagi Pangeon tog‘ida joriy yilning 22 avgust kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari 7 kundan beri davom etmoqda. Bu haqda “Ekathimerini” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gretsiyaning shimoli-sharqidagi Pangeon tog‘ining chekka hududidagi o‘rmon yong‘ini ketma-ket yettinchi kun yonishda davom etib, qimmatbaho o‘rmon va cho‘llarni vayron qilgan. Nashrga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun 280 nafar o‘t o‘chiruvchi, 46 ta o‘t o‘chirish mashinasi, 3 ta vertolyot va 3 ta samolyot safarbar etilgan. Bugungi kunga qadar 13 ming gektarga yaqin o‘rmonlar kulga aylangan.
Hududlarida yong‘in xavfi yuqoriligi sababli sariq ogohlantirish darajasi (3-toifa) e’lon qilingan. Xususan, Attika, Evia, Euboea, Rodoplar, Thassos, Halkidiki, Krit va shimoliy Egey orollari sariq ogohlantirish berilgan mintaqalar orasidan joy olgan.