Grenlandiyada 70 yilda ilk bor yomg‘ir yog‘di
Olam
−
21 avgust 2021
5094Grenlandiyada 70 yil ichida birinchi marta yomg‘ir yog‘di. Ushbu tabiat hodisasi orolda so‘nggi bor 1950 yilda qayd etilgan edi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, harorat o‘n yil ichida bor yo‘g‘i uch marta nol gradusdan oshgan. Yomg‘ir yog‘ishi natijasida muz yuzasiga yetti milliard tonna suv tushgan.
Bu esa oroldagi muzlarning rekord miqdorda erishiga sabab bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘qotilgan muz hajmi bir yillik ko‘rsatkichdan yetti baravar ko‘p.
“Oxirgi 10 yil ichida ob –havoning tez-tez o‘zgarishi shu jumladan muzlarning erishi, kuchli shamol va yomg‘irni odatiy hol deb bo‘lmaydi. Bu hodisalar tobora ko‘p kuzatilyapti”, deydi grenlandiyalik tadqiqotchi.
Ma’lumot o‘rnida, Grenlandiyada 1992 yildan 2018 yilgacha muzning erishi tezligi 7 barobar oshgan, shuning uchun XXI asr oxiriga kelib oroldan erigan suv Jahon okeani sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
LiveBarchasi