Greminger O‘zbekistondagi so‘z erkinligini qanday baholaydi?

Jamiyat

image

Ayni vaqtda AQSHda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 24 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi. 

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga sodiqlik tasdiqlandi. 

YXHT Bosh kotibi so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. 

Tomas Greminger dekabr oyidagi bo‘lajak parlament saylovini xalqaro demokratik standartlarga to‘liq mos ravishda shaffoflikni ta’minlagan holda va adolatli o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyatining sa’y-harakatlarini olqishladi.

YXHT Bosh kotibi Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro mamlakatga xalqaro kuzatuvchilar sifatida birinchi marta to‘laqonli delegatsiyani jo‘natishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Tomas Greminger

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing