Germaniya Prezidenti Ukrainada bombadan qochib, bunkerga yashirindi

Olam

image

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Ukraina shaharlariga safari u uchun yoqimsiz voqea bo‘lib chiqdi – u Chernigov viloyatidagi Koryukovka shahrida bomba boshpanasida bir soat o‘tirdi. 

RND portaliga ko‘ra, havo hujumi haqida ogohlantirish siyosatchi Ukraina shimolidagi ushbu hududga yetib kelganidan bir necha daqiqa o‘tib yangragan. 

Natijada Shtaynmayerning o‘zi, Koryukovka meri Ratan Ahmedov bir guruh fuqarolar bilan birga bomba boshpanasiga yo‘l olgan. 

Prezident mahalliy aholi va shahar rahbari bilan suhbatlashdi. Shtaynmayerning so‘zlariga ko‘ra, boshpanada bo‘lish unga odamlar qanday sharoitlarda yashashi haqida ayniqsa ta’sirli tushuncha bergan. 

“EADaily”ning xabar berishicha, 25 oktyabr kuni ertalab Shtaynmayer e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi. Bu Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri Germaniya Prezidentining Ukrainaga birinchi tashrifidir. 

Liveticker: Bundespräsident Steinmeier zu Besuch in Ukraine eingetroffen -  Politik - Nachrichten - Mittelbayerische

Uning Ukrainaga safari o‘tgan hafta rejalashtirilgan edi, biroq xavfsizlik sababli qoldirilgandi. Prezident Kiyevga poyezdda yetib kelgan. 

“Mening ukrainaliklarga xabarim: biz nafaqat siz tomondamiz. Biz Ukrainani iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, degan Germaniya rahbari. 


Maqola muallifi

Teglar

Frank-Val'ter Shtaynmayer

Baholaganlar

841

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing