G‘oyalarning yechimi qanday bo‘ladi? – Gulnoza Sattarova

Jamiyat

image

Saylov kampaniyasida ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlarini birlamchi o‘rganish, barcha partiyalar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va shiorlarda asosiy urg‘u ijtimoiy hamda iqtisodiy masalalarga berilganini ko‘rsatadi.

Chunonchi, nomzodlarning saylovoldi dasturlarida bandlik, narxlar o‘sishi, minimal oylik ish haqi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, korrupsiya va shu kabi masalalar markaziy o‘rinni egallamoqda. Umuman olganda, bunday yondashuv saylovchi uchun eng to‘g‘ri hisoblanadi. Shu bilan birga, siyosiy partiya tomonidan taqdim etilayotgan saylovoldi dasturida imkon qadar barcha sohalarni qamrab olingan rejalar va vazifalar bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Afsuski, biz barcha siyosiy partiyalar saylovoldi dasturida bunga erishilganini ko‘rolmadik. Masalan, “Adolat” SDP saylovoldi dasturida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda, korrupsiyaga qarshi kurashishda ilmiy yondoshuvni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, xalqimizga eng yaqin bo‘lgan “Mahalla”ga e’tibor chetda qolib ketgan. Xuddi shunday, aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyat kuchaytirish ishlari ham saylovoldi dasturining e’tibor markazida emas. Vaholanki, partiya tomonidan ilgari surilayotgan “Ijtimoiy adolat” shiori fuqarolardan aynan kuchli huquqiy ong va huquqiy madaniyatni talab etadi.

Gulnoza Sattarova,
Oliy Majlis huzuridagi
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bo‘lim boshlig‘i


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing