Google O‘zbekistonni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. 

Jamiyat

image

Bugun, 1 sentyabr kuni O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi nishonlanmoqda. Aynan shu sana munosabati bilan “Google Uzbekistan”ning bosh sahifasida shu sanaga bag‘ishlangan dudl (doodle) paydo bo‘ldi. 

“Bugun O‘zbekiston Mustaqillik kunini nishonlayapti. Shu munosabat bilan dudlda mamlakatning bayrog‘i aks etmoqda. 1991 yilning shu bugungi kunida dengizga chiqmaydigan Markaziy Osiyo davlati o‘z mustaqilligini o‘rnatgan edi. Odatda, ushbu kunni ko‘pchilik oilasi bilan birga nishonlaydi. Butun mamlakat bo‘ylab an’anaviy musiqalar ijro etiladi, raqs va madaniy ko‘rgazmalar tashkillashtiriladi. Asosiy tadbir Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar, poytaxt Toshkentda o‘tkaziladi. Mahalliy hunarmandlar gavjum yarmarkada, xalq musiqachilari va raqs guruhlari maydonda to‘planib, an’anaviy o‘zbek uslubida qo‘shiqlar kuylaydi, raqsga tushadi”, deyiladi Google tabrigida. 

Shuningdek, xizmat bayram kuni dasturxonlardan joy oladigan milliy taom — palovni ham alohida qayd etdi. 

“Mustaqillik kuni dasturxonlarda o‘zbek milliy taomi bo‘lgan palov joy oladi. Uni tayyorlashda oshpazlar asosan guruch, qo‘y go‘shti, piyoz va to‘g‘ralgan sabzidan foydalanadi. Ushbu taom deyarli har bir xonadonda tayyorlanadi. Odamlar palovni yeb, mamlakatning mustaqillikka erishishdagi qiyinchiliklarini eslab, bugungi kunga shukrona keltiradi va qalblarini vatanparvarlik ruhi egallaydi”, deya keltirilgan Google xizmatining tabrik so‘zida.

Ma’lumot o‘rnida, Google 2018 yil O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan maxsus dudl yaratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing