“Gonkong tashvishi”. Yaponiya va Britaniya vaziyatga munosabat bildirdi
Olam
−
02 iyun 2020
4671Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi bugun, 2 iyun kuni britaniyalik hamkasbi Dominik Raab bilan telefon orqali suhbatlashdi. Tomonlar Gonkong atrofidagi vaziyatni muhokama qildi va uning hududida milliy xavfsizlik to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilinishidan xavotir bildirishdi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilmoqda.
"Vazirlar Gonkong siyosati doirasida BXVY (Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi – XXRning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi – tahr) tomonidan qabul qilingan qarordan jiddiy tashvish bildirishdi va “katta yettilik” hamda boshqa formatlar doirasida o‘z harakatlarini yaqindan muvofiqlashtirishlarini tasdiqlashdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar, shuningdek, koronavirusga qarshi kurash choralarini muhokama qilgan va ular vaksinani ishlab chiqishda hamkorlik qilishlarini ta’kidlashgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni Xitoy ma’murlari Gonkongda milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Oq uy buni ushbu hududning avtonom maqomini buzish sifatida qabul qildi va sanksiyalar bilan javob berishga va’da berdi. 29 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Pekinning bunday xatti-harakatlari sababli XXR bilan savdo-iqtisodiy aloqalardagi barcha imtiyozlarni bekor qilish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Pekinda esa qonunni ishlab chiqishning ahamiyati va dolzarbligi Gonkongda milliy xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishi, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining Xitoy yurisdiksiyasiga o‘tkazilgan kundan boshlab, 23 yil ichida mustaqil ravishda tegishli huquqiy hujjatni qabul qila olmasligi bilan belgilandi.
Gonkong rasmiylari yangi qonun "faqat oz sonli jinoyatchilarga qarshi" qaratilganligini hamda "bir mamlakat - ikki tizim" tamoyiliga, mahalliy aholining qonuniy huquqlari va erkinliklariga, shu jumladan, so‘z erkinligi va tinch yig‘ilishlar huquqlariga zid kelmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
LiveBarchasi