Golovkin va Derevyanchenko boksdan chetlatildi
Sport
−
09 Oktabr 2019
4854O‘rta vaznda ikki yo‘nalish bo‘yicha jahon chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin hamda uning sobiq raqibi ukranalik Sergey Derevyanchenko boksdan chetlatildi.
Ularning boksdan chetlatilishini Nyu-York sport komissiyasi qabul qilgan. Hozircha bokschilar qancha muddatga chetlatilgani ma’lum emas. Bunga o‘xshash chetlatishlar boksda bo‘lib turadi.
Har ikki bokschi ham jarohatlardan forig‘ bo‘lib, o‘ziga kelib olganidan so‘ng chetlatish haqidagi qaror o‘z kuchini yo‘qotadi.
Eslatib o‘tamiz, Derevyanchenko va Golovkin o‘rtasidagi jangning birinchi raundida Sergey Golovkining kuchli zarbasini o‘tkazib yuborib, nokdaun holatiga tushib qoldi. Ikkinchi raundda esa ukrainalik bokschining qoshi yorildi. Shunday bo‘lsada, jang to‘liq o‘n ikki raund davom etdi.
To‘qnashuvning katta qismida ustunlikka erishgan Golovkinga hakamlar bir ovozdan 114-113, 115-112, 115-112 g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, qozog‘istonlik bokschi vakant bo‘lib turgan IBO, IBA kamarlariga ega chiqdi.
LiveBarchasi