Golovkin ringga qaytishi mumkin

Sport

image

Afsonaviy qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin professional ringga qaytishi mumkin. Bu haqda sportchining o‘zi “Boxing Scene” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Golovkin 2022 yil sentyabridan buyon jang o‘tkazmayapti, shu yilning fevral oyida esa Qozog‘iston MOQ prezidenti bo‘ldi.

“Hozir mening vazifam bor va men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman. Ammo shu bilan birga, men uchun hayot – bu harakat. Agar boshimga katta qiyinchilik tushsa, shunda boksga qaytish yaxshi imkoniyat ekanligini tushunaman. Va o‘shanda hamma men ishtirokimdagi yana bir jangni ko‘radi”, deydi Golovkin.

42 yoshli Gennadiy Golovkin professional boksda 45 ta jang o‘tkazib, 42 tasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston boks Gennadiy Golovkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing