Gollivud yulduzlari O‘zbekistonga kelib, serialda suratga tushadi
Madaniyat-san’at
−
07 Oktabr 2019
7758O‘zbekistonda Gollivud yulduzlari ishtirokida “Sulton” nomli serial suratga olinadi. XVII asr voqealarini o‘z ichiga qamrashi kutilayotgan mazkur serialning birinchi mavsumi uchun byudjeti 20 million AQSH dollarini tashkil etmoqda. Tasvirga olish jarayonlari esa 2020 yilda boshlanadi.
Loyihani MDHdagi eng yirik televizion kontent ishlab chiqaruvchi “Star Media” kompaniyasi amalga oshiradi.
Toshkentda “Star Media” asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin bilan bo‘lgan uchrashuvda xalqaro loyiha – “Sulton”ni yaratish bo‘yicha hamkorlikning kelajakdagi rejalari muhokama qilindi. Ryashin Toshkentga bir o‘zi kelgani yo‘q. U bilan birga hamkori, “Quddus”, “Poyga” va “Ruhlar mamlakati” kabi filmlar bilan tanilgan fransuz-amerikalik prodyuser Jan-Sharl Levi ham tashrif buyurgan.
Serialning suratga olish jarayoni Samarqand, Buxoro va Xivada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Loyiha ingliz tilida bo‘ladi, unda Gollivud aktyorlari ishtirok etadi, ammo hali aktyorlar guruhi ma’lum emas. Serialning syujeti tomoshabinni XVII asrga yetaklaydi.
Oltita epizodni o‘z ichiga olgan birinchi mavsum uchun byudjet 20 million dollarni tashkil qiladi, so‘ng ikkinchi mavsum suratga olinishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, “Star Media” kompaniyasi kelasi yili “Toshkent – non shahri” filmini suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu afsanaviy rejissyor Shuhrat Abbosovga mansub filmning yangi talqini emas, mutlaqo boshqa film.
LiveBarchasi