Gollivud aktrisasi Siseli Tayson vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik aktrisa Siseli Tayson kecha, 28 yanvar kuni 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktrisaning menejeri Larri Tompson uning qarindoshlariga asoslanib xabar bergan. 

"Miss Siseli Taysonning oilasi yurakda og‘riq bilan uning bu dunyodan ketganini ma’lum qiladi", degan Tompson. 

Yulduzning o‘limi sabablari ochiqlanmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, kinodagi karerasi davomida Tayson 150 dan ortiq film va seriallarda turli obrazlarni gavdalantirgan. 

1973 yilda u "Saunder" filmidagi roli uchun "Oltin globus" va "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Tayson 1974 va 1994 yillarda "Emmi" mukofotiga sazovor bo‘lgan. 

2018 yilda esa aktrisa kinodagi ulkan xizmatlari uchun "Oskar" mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

U kinodagi ulkan xizmatlari uchun "Oskar"ni qo‘lga kiritgan birinchi afroamerikalik ayol hisoblanadi.

Aktrisa "Vinn Diksiga minnatdorlik", "Xizmatkor" kabi filmlarda rol ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Siseli Tayson

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar