Gollivud aktyori suratga olishdagi fojiadan so‘ng ilk bor ommaviy chiqish qildi 

Madaniyat-san’at 7133
image

Kecha, 30 oktyabr kuni Gollivud aktyori Alek Bolduin “Rust” filmi suratga olish joyidagi fojiadan so‘ng, o‘zining birinchi ommaviy bayonotini berdi. Aktyor suratkashlar uning oilasini taqib qilishni bas qilishlarini istamoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Bolduin jurnalistlarga qarata suratga olish vaqtida halok bo‘lgan operator Galina Xatchins uning do‘sti bo‘lganini ta’kidlagan. U otishma hodisasini “trilliondan bir voqea” deb atagan.

“Men uning turmush o‘rtog‘i bilan aloqada bo‘lib, unga va uning oilasiga o‘z yordamimni taklif qilmoqdaman”, deydi aktyor.

Shuningdek, u halokatli voqeadan keyin suratga olish vaqtida o‘qotar qurollardan foydalanishni cheklashdan “juda manfaatdor” ekanini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Gollivud aktyori Alek Bolduin Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahri yaqinida bo‘lib o‘tayotgan vestern janridagi "Rust" ("Zang") filmini suratga olish jarayonida tasodifan operator Galina Xatchins va rejissyor Joel Sousni otib qo‘ygandi. Oqibatda 42 yoshda bo‘lgan Galina Xatchins olgan jarohatlaridan vafot etgan, 48 yoshli Joel Sous esa shifoxonaga yotqizilgandi. 

Keyinchalik, Bolduin Galina Xatchinsning hayotiga zomin bo‘lgan voqeani tergov qilishda politsiya bilan to‘liq hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek marhumning oilasi bilan aloqada ekanini va ularga yordam berishini aytdi.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 289
Reyting: 3
t
×