Gollandiya chempioni aniqlandi

Sport

image

Kecha, 15 may kuni Gollandiya chempionatining 33-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda musobaqa peshqadami “Ayaks” safarda “De Grafsxap”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu orqali Amsterdam jamoasi chempionat tugashiga 1 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu chempionlik jamoa tarixiga 34-chempionlik sifatida muhrlandi. Bu mamlakatdagi rekord hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Ayaks” ohirgi marta 2014 yilda mamlakat chempionligiga erishgan edi. Shuningdek, jamoa ushbu mavsumda Gollandiya kubogini ham qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ayaks

Baholaganlar

7

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing