“Goal” 2021-2022 yilgi mavsum uchun ramziy terma jamoasini e’lon qildi

Sport

image

Angliyaning “Goal” nashri Yeropaning kuchli beshlik (Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya) chempionatlarida to‘p tepadigan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

“Goal” talqiniga ko‘ra, kuchli beshlik chempionatlarida to‘p suruvchi furbolchilardan iborat ramziy terma jamoa quydagicha ko‘rinish olgan:

•  darvozabon sifatida – “Real Madrid” futbolchisi Tibo Kurtua; 

•  himoyachilar – Trent Aleksandr-Arnold, Virjil van Deyk (ikkalasi “Liverpul”), David Alaba (“Real Madrid”) va Teo Ernandez (“Milan”). 

•  yarim himoya pozitsiyasidan – Rodri, Kevin de Bryuyne (ikkalasi “Manchester Siti”), Muhammad Saloh (“Liverpul”) va Rafael Leao (“Milan”);

•  hujum chizg‘iga esa Karim Benzema (“Real Madrid”) va Robert Levandovki (“Bavariya”) qo‘yilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing