Gmail avtomatik tarjima xizmatini taqdim etadi
Texnologiya
−
10 avgust 2023
3375Gmail elektron pochtaning o‘zida amalga oshiriladigan tarjima xizmatini ishga tushiradi. Bu haqda “Bolnews” nashri xabar berdi.
Bungungi kunga qadar mobil ilovada elektron pochtani tarjima qilish uchun foydalanuvchilar matnni nusxalashi va Google Translate`ga joylashtirishi kerak edi. Endi bu ovoragarchilikka chek qo‘yiladi. Gmail nihoyat mobil ilovaning o‘ziga o‘rnatilagan elektron pochta tarjimalari xizmatini taqdim etmoqda.
Jarayon oddiy: boshqa tilda yozilgan elektron pochtani ochganda, Google`dagi odatiy qidiruvlarda bo‘lgani kabi ekranda foydalanuvchiga elektron pochta tarkibini tarjima qilish taklifi aks etgan so‘rov paydo bo‘ladi.
Google Translate kabi, Gmail avtomatik ravishda elektron pochta tilini aniqlaydi va imkon qadar sifatli tarjimani taklif qiladi. Hozirda ilova Gmail`ning ish stoli versiyasida mavjud bo‘lgan 100 ta tilda ishlashga moslashtirilgan.
Agar avtomatik tarjima so‘rovi ko‘rinmasa, unga uch nuqtali menyu orqali kirish mumkin. Bundan tashqari, agar tarjima kerak bo‘lmasa, sozlamalardagi bu xususiyatni o‘chirish imkoniyati ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, WhatsApp Telegramda mavjud bo‘lgan videochat funksiyasini taqdim etdi.
LiveBarchasi