Globe Soccer Awards: Xoland eng yaxshi, Ronaldu esa uchta nominatsiyada g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 19 yanvar kuni BAAning Dubay shahrida Globe Soccer Awards'ning 2023 yilgi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda o‘tgan yilning eng yaxshilari aniqlandi.

Jumladan, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola esa eng yaxshi murabbiy deb e’tirof etildi.

“Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu 3 ta nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, yana bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi.

Globe Soccer Awards-2023 da barcha nominatsiya g‘oliblari:

2023 yilning eng yaxshi murabbiyi – Pep Gvardiola (“Manchester Siti”);

2023 yilning eng yaxshi darvozaboni – Ederson (“Manchester Siti” va Braziliya terma jamoasi);

2023 yilning eng yaxshi yarim himoyachisi Rodri – (“Manchester Siti” va Ispaniya);

2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi – Jud Bellingem (“Real Madrid” va Angliya terma jamoasi);

2023 yilning eng yaxshi futbolchisi – Erling Xoland (“Manchester Siti”);

2023 yilning eng yaxshi futbolchisi – Aytana Bonmati ("Barselona» va Ispaniya terma jamoasi);

2023 yilda Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi – Krishtianu Ronaldu ("Al-Nasr” va Portugaliya);

2023 yilning eng yaxshi to‘purari sifatida Maradona mukofoti sohibi – Krishtianu Ronaldu (“Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi);

Muxlislar fikricha 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi – Krishtianu Ronaldu (“Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi);

2023 yilning eng yaxshi jamoasi – “Manchester Siti”.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing