Global pasportlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 123-o‘rinni qayd etdi. Bu haqda “Global Passport Index” e’lon qilgan reytingda keltirilgan.

“O‘zbekiston pasporti egalari dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatidan foydalangan holda Xitoy, Andorra, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari, Antigua va Barbuda, Armaniston, Ozarbayjon va Barbados kabi mamlakatlarga vizasiz kirishlari yoki yetib borgandan so‘ng (aeroportda) viza olishlari mumkin. Biroq O‘zbekiston fuqarolari AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Afg‘oniston va Angola kabi 93 ga yaqin yo‘nalishdagi mamlakatlarga kirish uchun viza olishlari talab etiladi”, deyiladi O‘zbekiston haqidagi izohda.

Reytingda Yevropa davlatlari yetakchilikni saqlab qolgan bo‘lib, kuchli o‘ntalikning o‘ninchi o‘rnini boshqa mintaqadan bo‘lgan Cingapur egallagan.

“Global Passport Index” mamlakatlarning vizasiz harakatlanish imkoniyatlari bilan birga investitsion jozibadorlik va hayot sifati kabi mezonlarni ham qamrab olgan.

Ushbu reytingda O‘zbekiston 123-o‘rinni egallagan. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 107-o‘rin bilan peshqadam bo‘lsa, keyingi pog‘onalarni Qirg‘iziston (127-o‘rin), Tojikiston (140-o‘rin) va Turkmaniston (144-o‘rin) band etgan. Mintaqa mamlakatlaridan Afg‘oniston esa 197-o‘rin bilan reytingni yakunlab bergan.

O‘zbekiston indeks doirasida mobillik bo‘yicha 129-o‘rin, investitsiyalar bo‘yicha 89-o‘rin va hayot sifati bo‘yicha 119-o‘rinda qayd etilgan.

Dunyo reytingida esa Shvetsiya birinchi o‘ringa chiqqan. Keyingi o‘rinlarda Shveysariya va Finlyandiya joylashgan bo‘lsa, kuchli beshlikni Germaniya, Niderlandiya va Daniya yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi “Henley Passport Index” yangilangan reytingida O‘zbekiston 74-o‘ringa ko‘tarilgandi.

Mumtozbegim Abdumo‘minova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing