Global isish tufayli Yerda “do‘zox iqlimi” yuzaga kelishi mumkin
Olam
−
10:07 5516 1 daqiqa
Yer yuzida so‘nggi 125 ming yil ichidagi eng yuqori harorat qayd etildi. Bu haqda olim Kristofer Vulf “The Guardian” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, iqlim o‘zgarishi ko‘plab olimlar prognoz qilganidan ham tezroq kechmoqda. Global isish esa Yerda “do‘zox iqlimi”ga olib kelishi mumkin.
Buyuk Britaniyadagi Ekseter universiteti professori Tim Lenton haroratning hatto bir necha darajaga ko‘tarilishi ham insoniyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ma’lum qilgan.
“Yerda to‘liq issiqxona effektiga o‘tishimiz shart emas — global isish sayyorani 3°C ga qizdirsa ham, insoniyat va jamiyatlarimiz uchun jiddiy xavflar yuzaga keladi”, deydi Lenton.
Olimlar prognoziga ko‘ra, haroratning 3–°C ga oshishi iqtisodiyot va jamiyatning hozirgi shaklda faoliyat yuritishini izdan chiqaradi. Shu bilan birga, maqolada “issiqxona Yer” iqlimi haroratning bir necha darajaga ko‘tarilishidan ham “ancha og‘irroq” bo‘lishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilning ilk oylari atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida qator ijobiy o‘zgarishlarni ham namoyon etgani – qayta tiklanuvchi energiya, innovatsion texnologiyalar va tabiatni asrash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi