G‘iyosovning chempionlik jangi uchun promouterlik savdosi e’lon qilindi
Sport
−
31 Oktabr
5181Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempion Eymantas Stanionis hamda da’vogar Shahram G‘iyosov jangi uchun promouterlik savdosini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Sentyabr oyida WBA yarimo‘rta vazn toifasidagi chempion, litvalik Eymantas Stanionis hamda majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov jangiga buyruq bergandi. Lekin bokschilarning jamoalari bir oy ichida jang sanasi, manzili va shartlari bo‘yicha kelisha olmadi. Endilikda promouterlar o‘rtasida kimoshdi savdosi tashkil etiladi. Ochiq savdo 8 noyabr kuniga belgilandi.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov so‘nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari Shahram, yana biri Parraning g‘alaba qozonganini qayd etgandi. Bu bilan G‘iyosov 16-jangida ham g‘alaba qozongandi.
Litvalik 30 yoshli Stanionis esa prof boksda 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan. Stanionis shu yilning may oyida ikki yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytib, reytingning to‘rtinchi pog‘onasida borayotgan venesuelalik 37 yoshli Gabriel Maestreni ochkolar (117-111, 118-110, 119-109) hisobida taslim etdi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr