G‘iyosov va Stanionis jamoalari jang bo‘yicha kelishuvga erishdi
Sport
−
20 noyabr
3023Yarim o‘rta vazn toifasida litvalik Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni Eymantas Stanionis va uning kamariga majburiy da’vogar Shahram G‘iyosovning jamoalari jang bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda WBA o‘z saytida xabar berdi.
Hozircha kelishuv shartlari e’lon qilinmagan va endi tomonlar o‘rtasidagi jangni tashkil qilish bo‘yicha ochiq proumouterlik savdosi o‘tkazilmaydi.
Tez orada jang sanasi va manzili e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, profboksda 15 ta g‘alaba va 9 ta nokautga ega bo‘lgan Stanionis so‘nggi jangini may oyi boshida Gabriel Maestrega qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. G‘iyosov esa 31 iyul kuni Migel Parra ustidan hakamlarning bo‘lingan ovozi bilan g‘alabaga erishgan.
LiveBarchasi